22:00 / 12.12.2018
22355

O‘zbekistondagi bir nechta xalqaro aeroport ob-havo tufayli vaqtincha yopildi

12 dekabr oqshomida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Nukus shaharlaridagi xalqaro aeroportlar vaqtincha parvozlarni qabul qilmayapti. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK axborot xizmati xabar bermoqda.

«Meteo holat o‘zgarmaguncha, quyuq tuman tufayli aeroportlar yopiq bo‘ladi. Ushbu shaharlardagi barcha reyslar eng yaqin aeroportlarga yuboriladi», - deyiladi xabarda.

Bundan avval, 28 noyabrdan 29 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrini quyuq tuman qoplab olgani tufayli Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan samolyotlar boshqa yaqin aeroportlarga yo‘naltirilgandi.

Mavzuga oid
Top