Avstriya iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Rossiya biatlon terma jamoasining besh nafar a'zosiga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ular taqiqlangan moddalar qabul qilish hamda doping borasidagi firibgarlikda gumonlanmoqda.
Mazkur holat haqida Avstriya korrupsiyaga qarshi kurashish mahkamasi ma'lum qilgan.