19:40 / 13.12.2018
8372

Avstriya Putin va Tramp uchrashuvini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Foto: FBA

Agarda tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Avstriya Rossiya va AQSh o‘rtasidagi uchrashuvni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Avstriya TIVning Rossiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Margot Klestil-Lyoffler ma'lum qildi.

"Bizda bunday uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba bor, agarda tomonlar kelisha olishsa, biz bunday uchrashuv uchun maydon taqdim etishga tayyormiz", dedi u.

Vladimir Putin va Donald Trampning to‘liq shakldagi uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgandi. 

Noyabr oyida Rossiya va AQSh prezidentlari G20 sammiti doirasida Buenos-Ayresda uchrashishi kutilgandi, ammo Tramp bu uchrashuvdan voz kechdi.

Mavzuga oid
Top