01:18 / 13.12.2018
18939

YeChL. TsSKA safarda "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Viktoriya Plzen" "Roma"ni yengib, Yevropa ligasiga yo‘l oldi

Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi G guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

"Real Madrid" o‘z maydonida TsSKAni qabul qilib, kutilmaganda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi – 0:3.

37-daqiqada Chalov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib, Shennikov hisobdagi farqni oshirdi. 73-daqiqada Sigurdsson ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib, mehmonlarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi. 

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Viktoriya Plzen" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Maydon egalari safida Kovarjik hamda Xori 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Under tomonidan kiritildi. 

Guruhda 12 ochko to‘plagan "Real" 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-pog‘onani 9 ochko bilan "Roma" band qildi. 

7 ochko to‘plagan "Viktoriya Plzen" esa o‘zaro o‘yinlar hisobiga 3-o‘rinni egallab, Yevropa ligasiga yo‘l olgan bo‘lsa, TsSKA esa guruhda so‘nggi pog‘onani band qildi. 

Real Madrid – TsSKA 0:3

Gollar: 0:1 – 37 Chalov, 0:2 – 43 Shennikov, 0:3 – 73 Sigurdsson.
Real Madrid – Kurtua, Valexo, Marselo (Karvaxal, 74), Odriosola, Xaver Sanches, Lorente (Kroos, 58), Valverde, Isko, Asensio, Vinisius Junior, Benzema (Beyl, 46).
TsSKA –    Akinfeyev, Rodrigo Bekao, Magnusson, Shennikov , Nababkin, Oblyakov (Kuchayev, 89), Bistrovich, Sigurdsson (Nisimura, 90), Vlashich, Fernandes, Chalov (Ernandes, 84).
Ogohlantirishlar: Shennikov (78), Valverde (90).

Viktoriya Plzen – Roma 2:1

Gollar: 1:0 – 62 Kovarjik, 1:1 – 67 Under, 2:1 – 72 Xori.
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski, Gavel, Gubnik, Proxazka, Groshovski, Chermak (Gorshava, 82), Kopits (Petrjyela, 71), Kovarjik, Xori (Rjyeznichek, 87).
Roma – Mirante, Manolas, Kolarov, Santon (Florentsi, 75), Markano, Kristante, Nzonzi (Pellegrini, 80), Pastore (Dzanolo, 59), Under, Klyuyvert, Shik.
Ogohlantirishlar: Limberski (22), Klyuyvert (79), Pellegrini (89).
Chetlatish: Pellegrini (90).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top