14:20 / 13.12.2018
15617

Ikrom Aliboyev legionerga aylandi

«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning «Seul» klubi bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Seul»ga o‘tganimdan xursandman. Klub boy tarixga va zo‘r stadionga ega. Avvalroq, bu jamoada Server Jyeparov ham o‘ynagan va chempion bo‘lgan. Men ham «Seul» tarixiga kirishga harakat qilaman», - deb Aliboyev so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Server Jyeparov 2010-2011 yillarda «Seul» sharafini himoya qilgan va Janubiy Koreya chempioni bo‘lgan.

Top