08:15 / 13.12.2018
21617

Kamchatkalik shifokor samolyot bortida o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Foto: Aleksey Prosin

Kamchatka falokatlar tibbiyoti markazi shifokori Petropavlovsk-Kamchatskiy – Moskva reysi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot bortida o‘zbekistonlik ayolning hayotini qutqarib qoldi. 

Voqea 10 dekabrda yuz bergan. Shifokor Aleksey Prosin Moskvaga xizmat safari bilan uchayotgan bo‘lgan. U federal tibbiy markazlardan birida davolangan bolani Kamchatkaga kuzatib borishi kerak bo‘lgan.  

“Samolyot Yoqutiston ustidan o‘tayotganda ayol yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qila boshlagan. Keyinroq aniqlanishicha, o‘zbekistonlik ayolga Kamchatka shifoxonalaridan birida o‘tkir kasallik tashxisi qo‘yilgan. Unga zudlik bilan shifoxonaga yotish tavsiya qilingan, biroq ayol bu tavsiyalarga amal qilmay, Toshkentga qaytayotgan bo‘lgan”, deyilgan xabarda.

Samolyotda ayolning kasalligi zo‘rayib ketgan. Shifokor ayolga yordam ko‘rsata boshlagan, samolyot esa favqulodda qo‘nish uchun yaqin oradagi aerodromga yo‘nalish olgan. Shifokor ayolga og‘riqsizlantiruvchi dori-darmon berib, samolyot Mirniy shahrida qo‘nib, ayol tez yordam brigadasiga topshirilmaguncha 1,5 soat davomida uning hayotiy ko‘rsatkichlarini qo‘llab-quvvatlab turgan.  

Mavzuga oid
Top