09:45 / 13.12.2018
8353

Mirziyoyev sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar darajasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda e'tibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti, deyiladi hujjatda.

Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, xususan:

sportning mazkur turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puxta tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;

sport kadrlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;

terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar o‘tkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;

aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rilmayapti.

Mavzuga oid
Top