20:30 / 13.12.2018
29179

Namangan shahridagi chorrahalardan biriga o‘zgacha ko‘rinishdagi svetofor o‘rnatildi

Namangan shahridagi Islom Karimov va Irrigator ko‘chalari chorrahasiga yangi namunadagi svetofor o‘rnatildi. 

Ushbu svetoforning o‘ziga xosligi shundaki, svetofor chiroqlari rangiga qarab svetoforning arkasi ham shu rangda yonadi. Bu o‘z navbatida haydovchilarining e'tiborini jalb etib, svetofor ishorasiga amal qilmasdan o‘tish ehtimolini kamaytiradi va harakat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. 

Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati
Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Bundan tashqari, ushbu qurilma tungi vaqtlarda piyodalar o‘tish yo‘lagini ham yoritib, ularning xavfsiz harakatlanishiga imkon yaratadi. 

Kelgusida bu turdagi qurilmalarni Namangan shahrining boshqa chorrahalariga ham o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Top