19:20 / 13.12.2018
27611

Rossiya TIV Ukraina qo‘shinlari Donbassga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Foto: ria.ru

Yaqin kunlar ichida Kiyev Donbass bilan chegarada harbiy ig‘vogarlik uyushtirishi mumkin. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiy holatdan foydalanmoqchi va Donetsk nazorati ostidagi Azovbo‘yi hududini egallash uchun hujum uyushtirmoqchi.  

Avvalroq Donetsk ukrainalik harbiylarning ehtimoliy ig‘vogarliklari haqida ma'lum qilgandi.

Xalq militsiyasi boshqarmasining bildirishicha, Donetsk viloyati janubida 12 mingdan ortiq ukrain harbiylari va 90 ta harbiy texnika to‘plangan.

Top