8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

18:00 / 13.12.2018 3496

Shayxontohur tumani prokuraturasi nuqsonli o‘quvchilarga yordam ko‘rsatmoqda

Shayxontohur tumanidagi mavjud 36ta umumta'lim maktabida bugungi kunda 40097 nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Ushbu o‘quvchilarning 46 nafari turli sabablarga ko‘ra uyda tahsil olmoqda. Shulardan 3 nafari yo‘l transport hodisasi tufayli, qolganlari esa turli ruhiy va jismoniy nuqsoni tufayli uyda o‘qitiladi. 

Jumladan, Shayxontohur tumani 2-sektorida ham 8ta maktab mavjud bo‘lib, ulardagi 11 nafar o‘quvchi uyda tahsil olmoqda. Ayniqsa, tumandagi imkoniyati cheklangan, aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 37-sonli maxsus maktab ham 2-sektorda joylashgan. Bu maktabdagi o‘quvchilarga maxsus ta'lim dasturi asosida bilim bilan bir qatorda, ularga imkoniyatiga yarasha turli kasblar o‘rgatiladi. Maktabni bitirgach esa, imkoniyatiga yarasha ishga joylashtirilishiga ko‘maklashiladi. Ushbu maktabni tuman prokuraturasi o‘z otalig‘iga olgan bo‘lib, doimiy ravishda ushbu maktabga tashrif buyurilib, uning zarur bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlashda imkon qadar yaqindan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. 

Davlatimiz, ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar negizida xalq farovonligi yotadi. Shunday ekan, imkoniyati cheklangan, nogiron bo‘lib qolgan insonlar ham har doim diqqat-eʼtibordan chetda qolmasdan ularga birday mehr ko‘rsatib kelinmoqda. Sektor mas'uli sifatida tuman prokurori Hoshimov Oybek Anvarjonovich,  prokuratura xodimlari, tuman xalq  ta'lim bo‘limi, mahalla faollari bilan birgalikda uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilar xonadonlariga tashrif buyurib, ularga zarur bo‘lgan o‘quv qurollarini topshirishdi.

Xususan, Shayxontohur tumani Janggoh 15, 1-monolit 16-xonadonda yashovchi 37-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Shoinog‘omov Muxammadsidiq Jamshid o‘g‘liga, Shayxontohur tumani Taxtapul mavzesi Zuxur Kabulov ko‘chasi 38-uyda istiqomat qiluvchi 20-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Toxirjonova Zubayra Zokir qiziga, Markaz 13-32-uy,8-xonadonda istiqomat qiluvchi 42-a-maktabning 7-sinfida o‘qiyotgan  Abdurashidov Asilbek Aziz o‘g‘liga, Markaz 14, 11-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi 59-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Saidov Dilshodga parta, doska, o‘quv qurollari va portfel berildi. 1-guruh nogironi Janggoh 15-2ab, 37-uyda yashovchi Toxtanazarova Umida Olimjon qizi esa nogironlar aravachasi bilan ta'minlandi.

Yuqoridagi qayd etilgan o‘quvchilarning barchasiga Konstitutsiyaning 26 yilligi hamda nogironlar kuni munosabati bilan «Faxriy yorliq»lar topshirildi.

Top