15:08 / 13.12.2018
11379

Tojikistonda "Bogema rapsodiyasi" filmi namoyishi taqiqlandi

Foto: 20th Century Fox

Ig‘vogarona sahna ko‘rinishlari mavjudligi sababli Tojikistonda "Bogema rapsodiyasi" filmi namoyishi taqiqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Brayan Singerning "Bogema rapsodiyasi" filmi Queen rok-guruhining faoliyati, uning inqirozi va muvaffaqiyatlari haqidagi avtobiografik filmdir.

"Namoyish filmda mavjud bo‘lgan ig‘vogarona sahna ko‘rinishlari sababli taqiqlandi", deb ma'lum qilgan "Tojikfilm" qoshidagi litsenziya berish komissiyasi vakili.

Tojikistonda barcha xorijiy filmlar namoyishidan oldin "Tojikfilm" qoshidagi litsenziya berish komissiyasidan ruxsatnoma olishi lozim.

Top