8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

12:06 / 13.12.2018 5596

Jizzaxda uch nafar fuqaro is gazidan zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Foto: LADA.kz

Shu yilning 12 dekabrga o‘tar kechasi Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi I.U. va uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi M.U. hamda go‘dak farzandi uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida zaharlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularning barchasi kasalxonaga yotqizilganlar.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay M.U. shu yerda vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlangandi.

Top