14:17 / 14.12.2018
11533

Lukashenko Putin bilan yana uchrashmoqchi. Bundan avval ikki davlat rahbari tortishib qolgandi

Foto: Getty Images /Mikhail Svetlov

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yana bir bor uchrashish niyatida. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. U bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari bilan Minskdagi uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mavjud bo‘lgan ayrim muammoli masalalarni muhokama qilmoqchi.

«Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, biz Belarus - Rossiya o‘zaro harakatlari yakunlarini sarhisob qilishga tayyorgarlik ko‘rdik. Biroq, savollar hali ham bor. Yaqin kelajakda, rossiyalik hamkasbim bilan birgalikda ularni hal qilishga urinib ko‘ramiz», - deya qayd etib o‘tdi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko va Putin gaz narxi haqida tortishib qolgani xabar berilgandi.

Shundan so‘ng Kreml Putin va Lukashenkoning gaz bo‘yicha tortishuviga izoh berdi.

Top