12:13 / 14.12.2018
5331

PFL bugun 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

Professional Futbol Ligasi bugun soat 18:00da «O‘zekspomarkaz»ning anjumanlar zalida 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi. 

Unda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha sovrinlar topshiriladi:

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi; 
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi; 
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni; 
- O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli; 
- Superliga 2018 to‘purari; 
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi; 
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi; 
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi; 
- Fair Play sovrini; 
- O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini. 

Shuningdek, yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosimda mavsum davomida o‘z sohasi bo‘yicha qolgan klublarga o‘rnak bo‘la oladigan tarzda faoliyat olib borgan matbuot xizmati, marketing xizmati va muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.  

Marosim Sport TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Mavzuga oid
Top