22:57 / 15.12.2018
12483
Johnson&Johnson bolalar upasining zararli ekanini yashirganlikda ayblanganidan so‘ng 40 mlrd dollar yo‘qotdi
Foto: Raihana Asral/shutterstock.com

Amerikaning Johnson&Johnson kompaniyasi 40 mlrd dollarga yaqin kapitalizatsiyasini yo‘qotdi. Bu haqda CNBC yozmoqda.

Bunga Reuters agentligining surishtiruvi sabab bo‘ldi. Nashrning ta'kidlashicha, J&J rahbarlari va yuristlari 1971 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqarilgan bolalar upasi tarkibida asbest mavjudligini bilishgan. Kompaniya vakillari jurnalistlarning xulosalarini yolg‘on va chalg‘ituvchi deb atashdi.

2018 yil iyulda AQSh sudi J&J kompaniyasi 22 nafar ayolga 4,7 mlrd dollar tovon to‘lashi kerakligi haqida hukm chiqardi. Ayollar kompaniyaning upalaridan o‘nlab yillar davomida foydalanib kelishgani uchun saraton xastaligiga chalinganliklarini bildirishgan. Da'vogarlarning advokatlari ham o‘shanda kompaniyani o‘z mahsulotlarining zararli ekanini yashirganlikda ayblagandi.

Top