19:03 / 15.12.2018
5313
Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas'ul organ hisoblanadi.

Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ko‘chmas mulk obektlari manzillarini tartibga solish, ko‘chmas mulk obektlari manzillari ma'lumotlari yagona bazasi yaratilishi va uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlari bazasi bilan integratsiya qilinishi, ko‘chmas mulk obektlariga obektning geografik bogliqligini ta'minlovchi geokodlar berilishi, respublika darajasida ko‘chmas mulk obektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalar shakllantirilishi hamda Reyestrdan ma'lumotlar berilishini va uning ma'lumotlaridan foydalanish tartibini nazarda tutadi. 

Hujjat bilan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi shart etib belgilandi.

Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Reyestrga kiritiladigan axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar. 

Top