18:32 / 15.12.2018
20557

Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlovchilik faoliyatiga qaytdi

Taniqli sport jurnalisti Mirzahakim To‘xtamirzayev futbol sharhlovchiligi faoliyatiga qaytdi.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, tajribali sharhlovchi shu haftadan e'tiboran «UzReport TV» va uning tasarrufidagi «Futbol TV» telekanallari bilan hamkorlikda ishlay boshlagan. Shu bilan birga, u asosiy ish joyi – «O‘zbekiston futboli», «Sport» va «Sport plyus» gazetalarida bosh muharrir sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Mirzahakim To‘xtamirzayev bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan «Real»–«Rayo Valekano» uchrashuvini jonli efirda sharhlab boradi. Ertaga esa «Sauthempton»-«Arsenal» o‘yini efirida mikrofon qarshisida bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, To‘xtamirzayev Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi va dotsent unvoniga ega. Televideniyeda 1992 yildan futbol o‘yinlarini sharhlay boshlagan.

Mavzuga oid
Top