18:15 / 15.12.2018
169545

Obid Asomov so‘nggi manzilga kuzatildi

Bugun, 15 dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov «Kamolon» qabristonida dafn etildi.

Janoza namozi Toshkent shahridagi «Kamolon» masjidida o‘qilgan.

Taniqli qiziqchi va aktyor bundan bir necha kun muqaddam og‘ir yurak xuruji bilan poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi. 

Obid Asomov kecha, 14 dekabr kuni o‘tkir yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

 

Mavzuga oid
Top