14:03 / 15.12.2018
25754

Qozog‘istondagi muzeyda Nazarboyevning zirhli avtomobili paydo bo‘ldi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidentining Temirtaudagi Tarixiy-madaniy markazida yangi eksklyuziv eksponat paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Endilikda, har bir tashrif buyuruvchi Nursulton Nazarboyevning avtomobilini yaqindan tomosha qilish imkoniyatiga ega.

Qozog‘iston prezidenti 2005 yilda ishlab chiqarilgan, qora Mersedes S- sinfdagi avtomobildan foydalangan. Mamlakat yetakchisining xavfsizligi nuqtai nazaridan, avtomobil zirhlangan oyna va himoya tizimiga ega. Transport og‘irligi 5,5 tonna. Mashina tarixiy-madaniy markazning foyesida o‘rnatildi.

Avtomobil taqdimotining birinchi kunidayoq juda ko‘p odamlar to‘plandi. Tashrif buyuruvchilar maxsus ekskursiya o‘tkazuvchiga mashina xususiyatlari haqida ko‘plab savollar berishgan. Tadbirga prezidentning safdoshlari ham taklif etildi.

Foto:Zakon.kz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq birinchi prezident kuniga bag‘ishlab Temirtau tarixiy-madaniy markaziga 16ta yangi eksponat topshirilgandi. Ular Nursulton Nazarboyevning shaxsiy buyumlari, shuningdek, davlat rahbarlari, do‘stlari va sportchilar sovg‘alaridir.

Markaz xodimlari so‘zlariga ko‘ra, barcha yangi eksponatlar noyob, ammo ularning orasida juda muhimlari ham bor. Misol uchun, Vladimir Putinning sovg‘asi - Rossiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 12 jildlik ensiklopediya. Bu kitoblar 1900-1905 yillarda nashr etilgan. Bunday katta yoshga qaramasdan, ular juda yaxshi holatda, maxsus charm qoplamda saqlanadi.

Umuman olganda, tarixiy-madaniy markazda 3000dan ortiq eksponatlar mavjud. 

Top