08:12 / 15.12.2018
47177

Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

Foto: FightSpace

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. 

Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boshlagan bokschimiz 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.

Ma'lumot uchun, bu Shohjahon uchun professional ringdagi 16-jang bo‘ldi. Ergashev ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. 

Ruizning o‘tkazgan janglari soni 50 taga yetdi. Argentinalik bokschi ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshlarida Shohjahon Ergashev Chikagoda amerikalik Zaka Remsini ilk raunddayoq nokautga uchratgandi.

Mavzuga oid
Top