21:43 / 15.12.2018
7912

Tramp AQSh ichki ishlar vaziri tez kunlarda iste'foga chiqishini e'lon qildi

"Ichki ishlar vaziri Rayan Zinke qariyb ikki yillik xizmatdan so‘ng yil oxirida ma'muriyatni tark etadi. Rayan faoliyati davomida ko‘p narsaga erishdi va men unga vatanimizga qilgan xizmati uchun minnatdorlik bildiraman", deb yozdi Tramp.

Uning yozishicha, yangi vazir nomzodi kelasi haftada e'lon qilinadi. Tramp Zinkening iste'fosi sababini aytmadi.

AQSh ichki ishlar vazirligi boshqa davlatlardagi kabi politsiya va xavfsizlik masalalari bilan emas, balki tabiat muhofazasi va yerdan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Top