18:10 / 16.12.2018
13397

Erdo‘g‘an Turkiya AQShdan 100dan ortiq F-35 samolyotlarini kutayotganini aytdi

Anqara AQShdan 120ta beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari keltirilishini kutmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

"AQSh F-35 ishlab chiqaradi. Bizga ham 120 donasi yetkazib beriladi. Bu samolyotlarning ayrim qismlari Turkiyada ishlab chiqariladi", dedi u. 

F-35 samolyoti payqashni qiyinlashtiruvchi texnologiyadan foydalangan holda yaratilgan jangovar samolyot bo‘lib, yadroviy o‘qlarni olib yurish imkoniyatiga ega. Ushbu samolyot loyihasida AQShdan tashqari, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya ishtirok etgan.

Mavzuga oid
Top