14:30 / 16.12.2018
4835

Nyu-Jyersi shtatida yovvoyi hayvonlar bilan sirk tomoshalari ko‘rsatish taqiqlandi

Foto: Shutterstock

AQShning Nyu-Jyersi shtati gubernatori Fil Merfi ko‘chma sirklarga yovvoyi hayvonlar bilan tomosha ko‘rsatishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda gubernator saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat sirk tomoshalarida foydalanilgan va juda yomon munosabatda bo‘lingan 36 yoshli afrika fili sharafiga «Nousi qonuni» deb nomlangan.

AQSh jonivorlarni himoya qilish jamiyatining ma'lumotiga ko‘ra, Nyu-Jyersi yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlangan birinchi shtatga aylandi.

Shu yilning iyunida Shvetsiya hukumati sirk tomoshalarida fillar va dengiz sherlaridan foydalanishni taqiqlagandi. Hujjat 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Aniqlik kiritilishicha, taqiq birinchi navbatda Shvetsiyaga gastrolga keladigan xorij sirklariga taalluqli bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top