8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

19:20 / 16.12.2018 10276

Solari Iskoni nega o‘ynatmaganiga izoh berdi

Foto: David S. Bustamante/Soccrates/Getty Images

«Real» klubi bosh murabbiyi Santyago Solari nima uchun Isko 16-tur doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinda (1:0) zaxira o‘rindig‘ida qolganiga izoh berdi.

«Men barcha futbolchilar o‘zlarini yaxshi his qilishlari va ishga sadoqat bilan yondashishlarini istayman. Tarkib tanlashda ham, futbolchilarni almashtirishda ham xato qilmaslikka urinaman. Mening ishim shu.

Marko Asensio o‘rniga Daniyel Sebalosni tushirishimning sababi Marko charchagandi. Keyin yarimhimoyani mustahkamlash uchun uchun Federiko Valverdeni tushirdim. Zaxiradagi yagona hujumchi Vinisius Junior Karima Benzemani almashtirdi», — deya Solarining so‘zlarini keltirgan Marca.

Bundan avvalroq Solari va Isko munosabatlari buzilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, «Real» murabbiylari futbolchi ko‘richagini oldirganidan keyin ortiqcha vazn to‘plaganidan norozi. Futbolchi Ispaniya chempionatining 13-turida «Eybar»ga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin bosh murabbiyning qo‘l tashlashini inkor qilgandi.

YeChL guruh bosqichining 6-turida TsSKAga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yinda esa Isko tribunadagi muxlislar bilan ziddiyatga borgandi.

Shu kunlarda Marca nashri Iskoning «Real»dagi faoliyati yakuniga yetib qolgani haqida material e'lon qildi. Xabarda Madridga Isko o‘rniga «Chelsi»dan Eden Azar kelishi haqida aytilgan.

«Rayo Valekano»ga qarshi o‘yin arafasida «qaymoqranglilar» jamoasi prezidenti Florentino Peres Solaridan Isko bilan munosabatlarni yaxshilashni so‘ragani ma'lum bo‘lgandi.

Top