09:57 / 17.12.2018
11799

«Dori-Darmon»dagi davlat ulushi Amerika kompaniyasi boshqaruviga berildi

Foto: doridarmon.uz

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi United Investment Healthcare Group (AQSh) kompaniyasi sho‘'ba tuzilmasi bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Uzdaily xabariga ko‘ra, hujjat doirasida Amerika kompaniyasi «Dori-Darmon» AJdagi davlat ulushini oladi (AJ ustav kapitalidan 71%).

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktabrdagi qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «United Investment Nealthcare Group» XK MChJni «Dori-Darmon» AK ustav kapitalidagi davlat ulushining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgandi.

Belgilanishicha:

ishonchli boshqaruvchi «Dori-Darmon» AKni boshqarishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega;

ishonchli boshqaruvchi xizmatlari uchun to‘lov har oylik tushumdan oylik mukofot va bonus shaklida belgilanadi;

bonus miqdori biznes reja parametrlarining bajarilishiga qarab, «Dori-Darmon» AKning sof daromad summasi, shuningdek, moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha «Dori-Darmon» AK ustav kapitalidagi davlat ulushi asosida hisoblanadigan dividendlarning bir qismi hisobidan biznes rejada belgilangan miqdordan yuqori bo‘lgan sof daromad summasidan hisoblab chiqiladi;

ishonchli boshqaruvchi tasdiqlangan biznes rejani amalga oshirish uchun investitsiyalarni pul mablag‘lari, asbob-uskunalar va dasturiy mahsulotlar ko‘rinishida jalb qilgan taqdirda, ushbu investitsiyalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil qilish yakunlariga ko‘ra mustaqil xalqaro auditorlik kompaniyasining xulosalari asosida hamda ishonchli boshqaruvchi va «Dori-Darmon» AK tasdiqlagan investitsiyalarni qoplash jadvaliga muvofiq asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha «Dori-Darmon» AK tomonidan qoplanishi kerak.

Top