16:25 / 17.12.2018
30725

Moskva oblastida o‘zbekistonlik uch nafar migrant halok bo‘ldi

Foto: Gleb SHCHelkunov / Kommersant'

Moskva oblastining Domodedovo tumanida gazdan zaharlanish oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari - O‘zbekiston fuqarolari. Shifokorlar yana bir jabrlanuvchining hayoti uchun kurashmoqda, deya xabar beradi «Moskovskiy komsomolets».

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, fojia Shestovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan, u yerda xususiy mehmonxona qurilmoqda. Olti nafar ishchi (O‘zbekistondan uch nafar va Armanistondan uch nafar) uchun oddiy gaz xuddi gaz kamerasi kabi ta'sir qilish bilan yakunlandi.

Yakshanba, 16 dekabr kuni ertalab hamkasblari ularni behush holda topishgan. Quruvchilar tez yordam brigadasini chaqirganlar. Shifokorlar besh nafar ishchi o‘limini qayd etishgan. Yana bir kishi tirik bo‘lgan, u Vidnoye shahar kasalxonasiga og‘ir ahvolda olib ketildi.

Shifokorlarning taxminiga ko‘ra, fojiaga gaz bilan zaharlanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga xizmat xonasida tergovchilar migrantlar isinishda foydalangan gaz ballonini topishdi. Katta ehtimol bilan, erkaklar uxlab qolishgan va gorelka o‘chib qolganini sezmaganlar.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva oblasti bo‘yicha boshqarma boshlig‘i katta yordamchisi Olga Vradiy aniqlik kiritishicha, tergovchilar ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda. Halok bo‘lganlar jasadi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi, bu o‘limga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun kerak. Jinoiy ish ochish bo‘yicha masala hal qilinmoqda.

Top