17:15 / 17.12.2018
8639

OAV: Merkel YeIni elchixonalarni Al-Qudsga ko‘chirmaslikka chaqirdi

Foto: REUTERS

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi davlatlarini o‘z diplomatik missiyalarini Al-Qudsga ko‘chirmaslikka chaqirdi. Bu haqda The Jerusalem Post «Isroil uchun Yevropa koalitsiyasi» tashkiloti asoschisi Tomas Sandellning bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Sandell so‘zlariga ko‘ra, kanslerning shaxsan o‘zi Yevropadagi ayrim yetakchilarga, jumladan, Ruminiya rahbari Klaus Yoxannisga shunday iltimos bilan qo‘ng‘iroq qilgan.

«Biz bilib qolgan narsani men ancha avval eshitgandim, o‘z elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chirishga moyil bo‘lgan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, bu tabiiy edi - ularga Berlindan, kansler Merkeldan qo‘ng‘iroq bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi faol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya bosh vaziri G‘arbiy Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinishi haqida ma'lum qilgandi.

Top