8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

16:25 / 17.12.2018 35307

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo...

Joriy yilning 1 noyabr kuni Kun.uz saytida “Yosh umrga tog‘dek musibat - bosh miya o‘simtasidan aziyat chekayotgan qiz yordamga muhtoj” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish massivida istiqomat qiluvchi 33 yoshli Shahlo Nishonova bosh miya tomirlarining anevrizmasi (Anevrizma - tomirning devori yupqalashib, sharsimon ko‘rinishda shishib qolishi) kasalligiga chalingani aytilgan edi.

Bunday kasallik zudlik bilan jarrohlik amaliyoti orqali bartaraf etilmasa, anevrizmaning yorilib ketish ehtimoli borligi va bu hayot uchun xavfli ekani, eng yengil holatda ko‘z ko‘rmay qolishi, odamning falaj bo‘lib qolishi va eng yomoni – o‘limga olib kelishi mumkinligi yozilgan edi. 

Yosh boshiga kelgan barcha sinovlarga sabr qilib kelayotgan ayol haqidagi ushbu maqola Kun.uz o‘quvchilarini befarq qoldirmadi. Bosh miya tomirlarining anevrizmasini olib tashlash operatsiyasiga zarur bo‘lgan 12 ming AQSh dollari qisqa muddat ichida saxovatli  insonlar tomonidan yig‘ib berildi.

Turkiyaning “Xalqaro Medicine Hospital” shifoxonasida, bosh miya tomirlarining anevrizmasini olib tashlash operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida Shahlo Nishonovaning o‘zi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

“Operatsiya men kutganimdanda yengil va oson o‘tdi. Buning uchun avvalo Allohga hamdlar va menga yordam qo‘lini cho‘zgan bag‘rikeng, saxiy kishilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mendan qaytmasa Allohdan qaytsin” – deydi Shahlo Nishonova.

Neyroxirurgiya va neyroradiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan jarrohlik amaliyoti amalga oshirilib, Shahlo g‘oyat sog‘lom bir shaklda amaliyotdan chiqib uyiga ketishiga ruxsat berilgan. Ammo, shifokorlar bemorning o‘zga davlatda istiqomat qilishini hisobga olib, bosh miyadagi bunday og‘ir operatsiyadan so‘ng samolyotda parvoz qilishga ruxsat berishmagan. Shahlo yana bir muddat shifokorlar ko‘rigida muolaja olishi lozimligini ta'kidlashgan. Bir oylik muolaja va bir necha oydan so‘ng vrachlar ko‘rigidan o‘tish uchun Turkiyaga borib kelishi 7 ming AQSh dollariga hisoblangan.

Azizlar, Shahlo Nishonovaning qo‘li qisqaligini, qolaversa musofir yurtda og‘ir operatsiya o‘tkazganidan boxabar bo‘ldingiz. Unga yana bir bor yordam qo‘lini cho‘zishimiz zarur. Chunki ko‘pi ketib ozi qoldi, saxiy hamyurtlarimizning ehsonlari bir insonning hayotga qaytishida juda muhim.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Plastik karta raqamlari:

Click/PayMe: 8600 0417 9612 9816 (AGROBANK)

VISA CARD: 4187 8200 0012 1176

Telefon: +998(90) 924 37 29 (Shahlo Nishonova)

Teglar

Top