22:40 / 17.12.2018
13794

O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston bilan o‘ynamaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Afg‘oniston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaydi, deb xabar beradi O‘FA.

Avvalroq, Turkmaniston futbol federatsiyasining rasmiy saytida shu haqdagi xabar chiqqan va uni mamlakatimiz matbuoti ko‘chirib yozgan edi.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bu xabarni noto‘g‘ri ekanini va ayni paytda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan terma jamoa 1ta nazorat o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. U yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Hozircha raqib ma'lum emas.

Top