17:24 / 17.12.2018
26388
O‘zbekiston TIV Moskva oblastidagi fojia haqida rasmiy ma'lumot berdi
Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2018 yilning 16 dekabr kuni Moskva oblastining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

TIV xabarida aytilishicha, uning oqibatida Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan. 

Ular orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari ham bor:
1. Qayumov Irisbek Oloverdiyevich, 1990 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan;
2. Jabborov Sherzod Ne'matjonovich, 1975 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston elchixonasi Rossiyaning tegishli hokimiyat idoralari bilan amaliy aloqalarni ushlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva oblastida o‘zbekistonlik fuqarolar halok bo‘lgani xabar qilingandi.

«Moskovskiy komsomolets» ma'lumotlariga ko‘ra, fojia Shestovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan, u yerda xususiy mehmonxona qurilmoqda. Olti nafar ishchi (O‘zbekistondan uch nafar va Armanistondan uch nafar) uchun oddiy gaz xuddi gaz kamerasi kabi ta'sir qilish bilan yakunlandi.

Yakshanba, 16 dekabr kuni ertalab hamkasblari ularni behush holda topishgan. Quruvchilar tez yordam brigadasini chaqirganlar. Shifokorlar besh nafar ishchi o‘limini qayd etishgan. Yana bir kishi tirik bo‘lgan, u Vidnoye shahar kasalxonasiga og‘ir ahvolda olib ketildi.

Shifokorlarning taxminiga ko‘ra, fojiaga gaz bilan zaharlanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga xizmat xonasida tergovchilar migrantlar isinishda foydalangan gaz ballonini topishdi. Katta ehtimol bilan, erkaklar uxlab qolishgan va gorelka o‘chib qolganini sezmaganlar.

Mavzuga oid
Top