21:50 / 17.12.2018
4811

Toshkent Buyuk Ipak yo‘li shaharlari alyansiga qabul qilindi

Butunxitoy do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi vakillari Toshkent shahri hokimiyatiga O‘zbekiston poytaxti Buyuk Ipak yo‘li shaharlari alyansiga kirganini tasdiqlovchi sertifikatni topshirishdi.

Joriy yil sentabrda Xitoyning Chjantszyatszen shahrida Ipak yo‘li biznes yetakchilarining “Ochiq hamkorlikning yangi davri. Taraqqiyotning yangicha asoslari. Yangi, go‘zal Xunan” mavzusidagi uchinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Bu tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashgandi. Sammit doirasida Xalqaro turistik forum o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish qilingan. 

Sammit ishtirokchilari O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan katta ko‘lamli islohotlar, jumladan Xitoy fuqarolari uchun viza tartibining yengillashtirilishi hamda elektron viza berish mexanizmi kiritilganini yuqori baholashgan. Buning natijasi sifatida sammit yakunida Toshkent, Buxoro, Qarshi, Samarqand shaharlari va Toshkent viloyati Buyuk Ipak yo‘li shaharlari alyansiga qabul qilingandi.

Top