16:30 / 17.12.2018
30616

«Liverpul» - «Bavariya», «Atletiko» - «Yuventus». YeChL qur'asi natijalari

Bugun, 17-dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Qur'adan avval jamoalar ikkita savatchaga ajratildi. Birinchi savatga guruh g‘oliblari, ikkinchi savatdan guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar o‘rin olishdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, amaldagi chempion «Real»ga nisbatan osonroq raqib - «Ayaks» tushdi, amaldagi finalchi «Liverpul» esa «Bavariya» bilan kuch sinashadi. Qayd etish kerakki, bu ushbu ikki jamoaning YeChL tarixida ilk marta o‘zaro to‘qnashishidir. Yana bir shunday juftlik esa «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublaridan iborat. Turnir favoritlaridan biri - Lionel Messi boshchiligidagi «Barselona» «Lion»ni sinovdan o‘tkazadi, Ronaldu boshchiligidagi «Yuventus» chorak finalga chiqish uchun «Atletiko» bilan bellashadi.

Qur'a natijalari:
«Shalke-04» — «Manchester Siti»
«Atletiko» — «Yuventus»
«Manchester Yunayted» — «Pari Sen-Jyermen»
«Tottenhem Hotspur» — «Borussiya» (Dortmund)
«Lion» — «Barselona»
«Roma» — «Portu»
«Ayaks» — «Real»

«Liverpul» — «Bavariya»

Chempionlar ligasida 1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 12, 13, 19 va 20-fevral kunlarida o‘tkaziladi. Javob uchrashuvlari 5, 6, 12 va 13-mart kunlariga belgilangan. Guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda, javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazishadi.

15-mart kuni Yevropaning eng kuchli 8 jamoasi 1/4 final uchun qur'ada navbatdagi raqiblarini bilib olishadi.

Chempionlar Ligasi finali 2019-yil 1-iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top