11:50 / 18.12.2018
14115

Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Foto: gov.kg

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yetib bordi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati apparatining axborot ta'minoti bo‘limi xabar qilmoqda.

Ikkinchi yig‘ilish O‘sh shahrida bugun bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarni muhokama etish rejalashtirilmoqda.

Foto: gov.kg

Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida vazirlik va idoralar rahbarlari, Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatida hukumatning vakolatli vakillari, chegara tumanlaridagi hududiy boshqaruv organlari rahbarlari bor.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi mart oyida Farg‘onada bo‘lib o‘tdi.

Top