18:38 / 18.12.2018
11568

Jahon bozorida neft narxi tushib ketdi

Foto: REUTERS / Christian Hartmann

Jahon bozorida neft narxi yana pastlay boshladi. Neft bozori AQShning neft qazib olishni qisqartirmasligi ortidan OPeKning bozorni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishishiga ishonmayapti. 

London birjasidagi savdolar chog‘ida Brent rusumidagi neftning fevral fyucherslari narxi 3,13 foizga tushdi va bir barreli 57,8 dollarga teng bo‘ldi. WTI rusumidagi neftning yanvar fyucherslari 3,25 foizga tushdi va bir barrel neft narxi  48,26 dollarni tashkil etdi.

Avvalroq OPeK a'zolari 2019 yilda neft qazib olish hajmini sutkasiga 1,2 million barrelga qisqartirishga kelishib olgandi. Bunda tashkilotga a'zo davlatlar neft qazib olishni sutkasiga 800 ming barrelga, OPeKka kirmaydigan davlatlar esa sutkasiga 400 ming barrelga qisqartirishi lozim. Kelishuv 2019 yilning iyunigacha amal qiladi, so‘ngra tomonlar uni qayta ko‘rib chiqishadi.

Mavzuga oid
Top