8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:33 / 18.12.2018 12894

Lenovo dunyoda 12 GB operativ xotiraga ega birinchi smarchfonni taqdim etdi

Foto: Lenovo

Lenovo Lenovo Z5 Pro slayder-smarchfonning yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilingan.

Smarchfon dunyoda birinchi bo‘lib 12 GB operativ xotira va eng yangi Snapdragon 855 protsessoriga ega bo‘ldi, deb yozmoqda Ferra.

Foto: Lenovo 

Ekran pastga surilib, frontal kameradan foydalanish imkonini yaratadi. Smarchfon old panelning 95 foizini egallaydigan, Full HD+ (2340×1080 piksel) kengligiga ega 6,39-dyuymli Super AMOLED-displey, 24+16 Mp ikkita asosiy kamera, 16+8 Mp ikkita frontal kamera bilan jihozlanadi. Barmoq izlari skaneri ekran tagiga o‘rnatilgan.

Akkumulyator quvvati 3350 mAs. Ikkita SIM-karta ishlashi mumkin, shuningdek, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5, GPS + GLONASS, NFC, USB Type-C porti bor.

Lenovo Z5 Pro GT Xitoyda yanvar oyida sotuvga chiqariladi. Narxlari - 6+128 GB versiya uchun 391 dollar, 8+128 GB uchun 434 dollar, 8+256 GB uchun 492 dollar va 12+512 GB uchun 635 dollar.

Top