16:49 / 18.12.2018
14047

Makgregor 2019 yilda qaytishini bildirdi

Foto: REUTERS

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor instagramdagi sahifasida qiziqarli yozuvni e'lon qildi.

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) sobiq chempionining ishora qilishicha, 2019 yilda navbatdagi jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

«Men 2019 yilda raketani uchiraman», - deya yozgan irlandiyalik mashg‘ulot jarayonidan olingan fotosurat ostiga.

O‘zining so‘nggi bellashuvida Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezerning yaponiyalik kikbokschi bilan jangi qoidalari e'lon qilingandi.

Top