15:33 / 19.12.2018
21048

Qaynota o‘zaro janjalda kuyovining umriga zomin bo‘ldi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 19 dekabr kuni Toshkent tumanida yashovchi B.M. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashagan kuyovi A.X.ga o‘roq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada A.X. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. B.M. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top