8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

23:02 / 20.12.2018 5779

Boysundagi qishloqlar toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latovning Instagramdagi sahifasida tog‘ qishlog‘ida vodoprovoddan idishiga suv to‘ldirayotgan bolakayning surati e'lon qilindi.

Fotosuratga sharhda yozilishicha, joriy yilning avgust oyida Boysun tumanining Machay qishlog‘ida o‘tkazilgan viloyat hokimi sayyor qabulda O‘rta va Yuqori Machay, Qizilnavr mahallalari aholisidan ko‘plab murojaatlar qatori toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, yo‘llarni ta'mirlash va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash masalalari ko‘tarilgan.

Bu murojaatlar ijrosini ta'minlash maqsadida “Olchabuloq” bulog‘idan 14,5 km masofaga quvur tortilib, O‘rta va Yuqori Machay mahallalarida istiqomat qiluvchi 2,5 ming nafarga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Qishloqlardagi ichki yo‘llarga tosh to‘kilib, sozlandi. 2 ta ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirilgan. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Qizilnavr va Xo‘jadiyak mahallalarida 2 ta tibbiy tayanch punkti qurilgan.

18 dekabr kuni ushbu obektlarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda so‘zga chiqqanlar odamlarning og‘irini yengil qilish, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qiladigan bu ishlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirishgan.

Top