13:06 / 21.12.2018
14654

Kreml: Moskva Qrimdagi referendum Turkiya va Isroil tomonidan tan olinishiga umid qilmoqda

Foto: Aleksey Nikolskyi, ZUMAPRESS

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni Turkiya hamda Isroil Qrimning RFga qo‘shilishini tan olishiga umid bildirmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Uning ta'kidlashicha, hozirgi paytda ham Tel-Aviv, ham Anqara Rossiyaning Qrimdagi referendum xalqaro huquq bilan muvofiqlashgan holda o‘tkazilganiga doir iddaolariga hozircha rozi bo‘lmayapti.

«Umid qilamizki, vaqt o‘tishi bilan ham Turkiya, ham Isroildagi sheriklarni qrimliklar tomonidan bir necha yil oldin qilingan tanlov to‘g‘ri ekaniga ishontira olamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz bergandi.

Mavzuga oid
Top