10:51 / 21.12.2018
13755

Neymarning «spagetticha» yangi soch turmagi muxlislarni hayron qoldirdi

«PSJ» hujumchisi Neymar soch turmagini o‘zgartirdi.

Yangicha turmak amerikalik rep ijrochisi Lil Pampning imijini yodga soladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda hujumchining muxlislari undan bunday uslubni kutishmaganini ta'kidlashmoqda. Neymar yangi turmakda ilk marta yakshanbada maydonga chiqishi mumkin. Shu kuni «PSJ» 2018 yil hisobidan so‘nggi o‘yinini o‘z maydonida «Nant»ga qarshi o‘tkazadi.

Qo‘shimcha sifatida, braziliyalik bu mavsum klubining barcha musobaqalardagi 19 o‘yinida 16ta gol muallifi bo‘lib, 8ta golga assistentlik qildi.

Top