13:36 / 22.12.2018
9363

Andijon energetiklariga “Damas” xizmat avtomashinalari topshirildi

Bugun Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bo‘limlari ishchi xodimlarga qulayliklar yaratish, iste'molchilarga tezkor xizmat ko‘rsatish hamda kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekenergo” AJ tomonidan ajratilgan 10 dona “Damas” rusumli yengil avtomashinalari topshirildi.

Endi zarur uskunalar bilan jihozlangan avtomashinalar - Andijon EShETK, Andijon Bobur ETK, Jalaquduq, Asaka, Paxtaobod, Bo‘z, Qurg‘ontepa tuman elektr tarmoqlari korxonalariga, nimstansiyalar xizmati, davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish xizmati bo‘limlariga xizmat qiladi.

Texnik vositalarini topshirish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori Ahadjon Jo‘rayevlar soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutladilar.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri

Top