23:39 / 23.12.2018
8511

APL. "Tottenhem" "Everton"ga 6ta gol urib, "Siti"ga yaqinlashib oldi

Foto: Twitter/Premier League

Angliya chempionati 18-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakuniga yetdi. 

"Everton" o‘z maydonida "Tottenhem"ni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi – 2:6.

18-turdan so‘ng "Tottenhem" 42 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi, "Everton" esa 24 ochko bilan 11-pog‘onani band qilgan. 

Everton – Tottenhem 2:6

Gollar: 1:0 – 21 Uolkott, 1:1 – 27 Son Xyn Min, 1:2 – 35 Alli, 1:3 – 42 Keyn, 1:4 – 48 Eriksen, 2:4 – 51 Sigurdsson, 2:5 – 61 Son Xyn Min, 2:6 – 74 Keyn.
Everton – Pikford, Koulmen, Kin, Zuma, Din, Devis, Andre Gomesh (Shnayderlin, 53), Uolkott, Sigurdsson (Tosun, 83), Risharlison (Bernard, 75), Kelvert-Lyuin.
Tottenhem – Loris, Tripper, Sanches, Alderveyreld, Devis, Sissoko (Lukas Moura, 83), Uinks, Son Xyn Min (Skipp, 79), Alli (Lamela, 46), Eriksen, Keyn.
Ogohlantirishlar: Tripper (32), Eriksen (71).

Mavzuga oid
Top