15:58 / 24.12.2018
17666

Lavrov qurollanish poygasida «o‘ta jiddiy xato» yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, AQShning qurollanish poygasiga qaratilgan siyosati tomonlar «o‘ta jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadigan» vaziyatga olib kelishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Vazirning fikriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘zining «geosiyosiy ambitsiyalari»ga «juda ko‘p» e'tibor qaratmoqda. Shuningdek, Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z foydasiga qarab o‘zgarmayotgan «global haqiqatlarga» «moslasha olmayapti». Shu bois, Amerika tomoni tashqi siyosatda «tajovuzkorlik»ni afzal ko‘rmoqda, deya xulosa qildi TIV rahbari.

«Kuch vositalariga asoslangan bunday mojaroli yo‘nalish muqarrar ravishda global xavfsizlik arxitekturasining muvozanatsizligiga olib keladi, qurollanish poygasiga xizmat qiladi. Xato narxi yoki o‘zaro tushunmovchilik o‘ta jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyat ham yuzaga kelishi ehtimoldan yiroq emas», - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Ukraina bilan urush ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirgandi.

Top