14:32 / 24.12.2018
22639
Reklama

“RASH-MILK” klaster uslubi: Prezident qarorlarini to‘liq amalga oshirib, samaraga erishayotgan korxona haqida

Ayni payt yurtimizda mazkur korxona mahsulotlari kirib bormagan xonadon kam topilsa kerak. Tabiiy, mahalliy toza sutdan tayyorlangan, sifatli va mazali “RASH-MILK” brendi ostidagi mahsulotlar, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda juda mashhur.

Korxona bugungi kundagi holatiga o‘z-o‘zidan erishib qolgani yo‘q. 2003 yilda tadbirkorlar Anvarjon Shukurov hamda Rahmiddin Mirzayevlar “RASH-MILK” MChJga asos solganlarida xalq ishonchiga kirish yo‘lida bel bog‘lab, o‘zni ayamay mehnat qilishni niyat qilgan edilar. Mashaqqatli harakatlar tez orada o‘z mevasini bera boshladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonga, jumladan Bo‘z tumaniga tashrifi davomida, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar olib kirish zarurligi, chet eldan kelayotgan eksport tovarlarga raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi so‘zlari, qishloq xo‘jaligi va sanoatda klaster usulidan foydalanish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish haqidagi maslahatlari  “RASH-MILK” jamiyatida ham yangi davrni boshlab berdi.

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida faoliyat yuritayotgan korxona  qoshida naslli chorvachilik xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, unda Germaniya davlatidan keltirilgan zotdor qoramollar parvarishlanmoqda. Ko‘rib turganingizdek, jamiyat o‘z xo‘jaligida yetishtirilayotgan sut xomashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot holatiga keltiryapti. Jamiyat bu bilan cheklanib qolmadi. Import hajmini yanada ozaytirish maqsadida sutni qayta ishlab qadoqlashda ishlatiladigan kerakli idishlarni ham o‘zida ishlab chiqarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda “RASH-MILK” korxonasida qoramollarni parvarishlash, sut xomashyosini olishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichni o‘zida mujassam etgan klaster usuli joriy etilgan. 

Eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sutni qayta ishlash zavodida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning aksariyati yoshlar. Korxonada 200 nafardan ziyod yigit va qizlar ish bilan ta'minlangan. 40 dan ortiq turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan  korxona kuniga 150 tonnadan ortiq sutni qayta ishlashga qodir.   

“RASH-MILK” korxonasida bo‘lib, maskandagi ish jarayonini kuzatdik. “RASH-MILK” chorva xo‘jaligidagi qoramollar parvarishi, sutni zavodga keltirish,  uzoq tizim va konveyerli jarayondan so‘ng tayyor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan ish ko‘lami davlat standartlari talablariga mos ravishda olib boriladi.

Tozalik va pokizalikka berilgan katta e'tibor, mahsulotlarni faqat tabiiy xom ashyodan foydalangan holda tayyorlanishi korxonaning kundan-kunga mijozlari ko‘payishiga asos bo‘lmoqda.  

Darhaqiqat, Bo‘z tumanidagi “RASH-MILK” jamiyati davlat rahbarining bugungi talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yurt farovonligiga  salmoqli hissa qo‘shayotgan korxonalardandir.

Elmurod Ermatov tayyorladi

Reklama huquqi asosida

Top