19:49 / 24.12.2018
16377
Sidneyda 33 qavatli yangi bino darz ketdi. Uning qulab tushish xavfi bor 
Foto: smh.com.au

Sidneyda 33 qavatli “Opal” binosining 10-qavatida yoriq hosil bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar bino qulab tushishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.  

Shu sababli binodan va yon atrofdagi boshqa binolardan odamlar evakuatsiya qilingan. 

Binoda yashovchilarning aytishicha, darz “qattiq qisirlash ovozi” bilan kechgan.

Ta'kidlanishicha, 392 ta kvartiradan iborat bino 2018 yilda foydalanishga kiritilgan.

Top