14:33 / 25.12.2018
13885

Ish masalasida qanaqa muammo va holatlar mavjud?

Foto: Flickr

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan norasmiy ravishda tadbirkorlik faoliyat turlari  (oziq-ovqat  mahsulotlarini  tayyorlash,  masalan,  shirinliklar  va milliy taomlar, meva va sabzavotlarni konservatsiya qilish, uyda non yopish; nooziq-ovqat  tovarlari  bilan  savdo  qilish,  masalan,  mebellarni ta'mirlash,  deraza  va  eshik  romlarini  tayyorlash,  qurilish  ishlari; xizmatlar  amalga  oshiruvchilar,  masalan,  xonadonlarda  chakana  savdo, avtomobillar,  santexnika  va  boshqa  turli  maishiy  xizmat  texnikalarini ta'mirlash,  kosibchilik,  bichish-tikish  kabi  xizmatlari)  bilan shug‘ullanishi kuzatilmoqda. Bu haqda Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi hisobotida aytiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijasiga ko‘ra, quyidagi omillar aholi bandligi  masalalari borasida aniqlangan holatlar va muammolar sifatida keltirilgan. 

- munosib  haq  to‘lanadigan  doimiy  ish  o‘rinlarining  yetishmasligi, yoshlarni  ishga  joylashishlaridagi  qiyinchiliklar,  bunda  asosan  oliy  ma'lumot  yoki  ish  stajiga  ega  bo‘lmagan  yosh  kadrlarni  ishga joylashishlaridagi murakkabliklar;

- taqdim  etilayotganligi  ish  o‘rinlari  mehnatga  haq  to‘lashning  kamligi sababli  yoshlar  ish  izlab  xorijga  chiqib  ketish  holatlarini  keltirib chiqarayotganligi;

- qishloq  joylarda  yuqori  haq  to‘lanadigan  doimiy  ish  o‘rinlarining mavjud  bo‘lmaganligi  sababli  yoshlarning  xorijga  mehnat  qilish  uchun  chiqib ketishlari;

- qishloq  hududlarda  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  faoliyat  yuritishni rejalashtirgan tadbirkorlar uchun kredit olishning murakkabligi sanab o‘tilgan omillar sirasidan. 

Aholi bandligini va ish o‘rinlarini tashkil etish holatlarini yaxshilash uchun markaz mutaxassislari tadqiqot hisobotida o‘z takliflarini ham taqdim etgan.

Unga ko‘ra, avvalo davlat tashkilotlari xodimlarining mehnatini me'yorlashtirish va ish haqini tashkil etishni qayta ko‘rib chiqish lozim. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida malakali kadrlarga ehtiyoj asosan dolzarb kasblarga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, shuningdek oliy va o‘rta maxsus tizimidagi o‘quv yurtlarining mutaxassislik tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak. 

Xususan, tadqiqot natijalari e'lon qilingan hisobotda quyidagilar taklif sifatida e'tirof etilgan. 

- mavsumiy qurilish-ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlardan qurilish otryadlari tuzish orqali yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlash chora tadbirlar mexanizmini ishlab chiqish

- tadbirkorlikni boshlashni rejalashtirayotgan yoshlar uchun puxta ishlangan biznes rejalar tuzishda Savdo sanoat palatasining axborot maslahat markazlari va boshqa konsalting xizmatlarini faollashtirish

- xizmat ko‘rsatish sohalarini, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni barqaror rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni ko‘paytirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlarini imkoniyatlaridan samarali foydalanish

- shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali chorvachilik mahsuldorligini oshirish, respublikaning chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlarida mayda shoxli mollarning junlarini qayta ishlash mini korxonalarini tashkil etish

- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni hisobga olgan holda mehnat resurslarini hududiy qayta taqsimlash, qishloq joylarida yirik kompaniyalar va korxonalarning sho‘'ba korxonalarini barpo etish

- raqamli va innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda yaratilayotgan ish o‘rinlarining sifatiga (yuqori texnologik sohalarga) ham e'tibor berish va ishchi kuchini rasmiy eksportini kengaytirishning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora tadbirlarini ishlab chiqish

- uyushgan migratsiya tizimini yaxshilash borasida tumanlar miqyosida mehnat migrantlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish, ularni migratsiyaga doir qonun xujjatlari bilan tanishtirish

- ish bilan band bo‘lmagan yoshlar uchun ixtisosliklarni o‘zlashtirilishi murakkabligini e'tiborga olgan xolda differensiallashgan (3, 6, 12, 18 va 24 oylik) kasb-hunarga tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish

- ommaviy axborot vositalari orqali rasmiy bandlikning foydali jihatlarini targ‘ibot qilish bilan norasmiy tadbirkorlik qiluvchi fuqarolarni kamaytirish va rasmiy bandlikni oshirishga erishish

- mehnat bozoriga oid haqqoniy ma'lumotlarni operativ shaklda ta'minlab berishni tashkillashtirishi maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalliy fuqarolar to‘g‘risida ma'lumotlar bazasini elektron ko‘rinishda har chorak mobaynida kiritib borishni yo‘lga qo‘yish

- ishsizlikni baholash metodologiyasini takomillashtirish, shuningdek turli hududiy kesimda va aholining turli xil qatlamlari darajasida, norasmiy bandlikning o‘zgarish dinamikasi maxsus tanlanma so‘rov orqali mehnat migratsiyasi ishtirokchilari va vaqtinchalik band bo‘lmagan aholining yanada aniq hisobini yuritish zarur.​

Top