18:00 / 25.12.2018
5017

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi

Foto: AFP/ Fabrice Coffrini

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi

J.Xo‘jayev - O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri, komissiya raisi

Lavozimi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisining o‘rinbosari

B.Abidov - tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borish guruhi rahbari, komissiya raisining o‘rinbosari

A.Mursaliyev - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi sho‘'ba mudiri (kelishuv bo‘yicha)

I.Ne'matov - tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

M.Mirzayev - iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

A.Haydarov - moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Ye.Kanyazov - adliya vazirining o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

A.Ergashev - qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha - sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari - davlat sanitariya bosh vrachi

T.Ishmetov - Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha - Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

J.Aripov - Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

E.Gadoyev - Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari 

J.Urakov - Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari 

D.Sattorov - “O‘zstandart” agentligi bosh direktori 

A.Fayzullayev - Intellektual mulk agentligi bosh direktori 

A.Mirsoatov - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi

U.Qodirov - Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i 

N.Zufarova - Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i 

A.Mirsaidov - Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimi bo‘yicha - Tashqi savdo vazirligining O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, komissiyaning mas'ul kotibi

Lavozimi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasining Jyeneva shahridagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bo‘limi qoshidagi Doimiy vakolatxonasi huzuridagi Maslahatchi - O‘zbekiston Respublikasining JSTdagi vakili

Komissiya a'zolari boshqa ishga o‘tganda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi. 

Top