18:26 / 25.12.2018
12315

Namanganda talaba tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etdi

2018 yil 24 dekabr kuni vaqtincha Namangan shahar 3-mikrorayonda yashagan, Namangan Qurilish institutining yuqori kurs talabasi Sh.T. uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u voqea joyida vafot etgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Top