9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:51 / 26.12.2018 6798

AQSh Iroqda ikkita harbiy baza qurmoqchi ekanligi xabar qilindi

Foto: AP Photo / Karim Kadim

AQSh Iroq g‘arbida, Suriya bilan chegaradan taxminan yuz kilometr masofada ikkita yangi harbiy baza qurishga qaror qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Iroqdagi Al-Anbara viloyati mahalliy kengashi a'zosi Farxon Duleymining so‘zlariga ko‘ra, birinchi baza Qaim tumanida, ikkinchi baza Ru bazasida quriladi. U bu tumanlar strategik muhim hisoblanishini va amerikalik harbiylar chegaradagi xavfsizlikni ta'minlashda Iroq harbiylariga yordam berishini aytgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq esa Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi ma'lum qilindi.

Top