11:30 / 26.12.2018
5801

Baxtiyor Ashurmatov «Buxoro» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Foto: Tribuna.Uz

Ortda qolgan mavsumda OKMK klubini O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan Baxtiyor Ashurmatov «Buxoro» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Jamoa matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Baxtiyor A'zamovich kecha, 25 dekabr kuni klub bilan shartnoma imzolagan.

Qayd etish kerak, Ashurmatov uchun Buxoro shahri klubi begona emas. U avvalroq ushbu jamoada texnik murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, «Buxoro» Superligani Ulug‘bek Baqoyev qo‘l ostida 6-o‘rinda yakunladi. Mavsum nihoyasida Baqoyev klubni tark etgach, uning o‘rniga Shuhrat Fayziyev bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Klub 21 dekabrdan buyon ilk yig‘inga kirishgan.

Top